Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida aholidan yig‘ilgan 158,5 million so‘mni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Унда aniqlanishicha, «D.K.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari S.A. Kichik Beshyog‘och ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal to‘lovlar uchun 158,5 million so‘m naqd pullarni shirkat hisob raqamiga kirim qilmagan va o‘zlashtirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.