Ijtimoiy tarmoqlarda «Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi» mazmunida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz ekanini aytib, AGTKSHlari belgilangan tartibda faoliyat yuritishini ma’lum qildi.

«Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Respublika bo‘yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etishi ma’lum qilingan.