«O‘zbekiston temir yo‘llari» 1 fevraldan boshlab 2 davlat o‘rtasida tuzilgan shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. Temir yo‘llar o‘rtasida yuklarni tashuvi tiklandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

8−10 fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uning natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» SHK o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lini ekspluatatsiya qilishni kelguvsida davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Sogdiana trans» tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish 10 fevralidan qayta tiklandi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayennoma imzolandi, deyiladi xabarda.