Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Elchi bilan suhbatda u turk xalqiga hamdardlik bildirdi va mamlakat barcha zarur yordamga tayyorligini ma’lum qildi.

Davlat quyosh paneli o‘rnatgan tadbirkorlardan elektrni kafolatli sotib oladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tkazgan yig‘ilishda aholi o‘z xonadonida quyosh panelini o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq energiyani tarmoqqa sotishni taklif qildi. Bunda aholi sotgan elektr energiyasining har bir kilovatti uchun ming so‘mdan beriladi.

Toshkentdagi havo sifati aholi salomatligiga yiliga 503 ta sigaret chekilgandek ta’sir qiladi

Havo sifatining yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qiladi. Toshkent dunyoning ifloslangan havosi salomatlikka eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan 20 ta yirik shaharlar orasida Jakarta va Olmaota o‘rtasida 16-o‘rinni egalladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi

Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Qo‘yliq bozoridan Food City`gacha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Food City savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati ham Food City avtoshohbekatigacha uzaytiriladi.

Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta bo‘lishi mumkin

Davlat dasturi loyihasida kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazilishi belgilangan.

«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.

OTB O‘zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun $150 mln kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 150 mln dollar miqdoridagi yangi kredit ajratdi. Bu mablag‘ fiskal xavf va davlat qarzini boshqarishni kuchaytirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilishni kengaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, audit tizimlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.

Toshkent va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Chilonzor, Sergeli va Xo‘jaobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlagan va sotgan shaxslar ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryodagi temir yo‘lda tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Shu sababli 80/79-sonli Toshkent-Termiz-Toshkent va 682/681-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakati bir reysga to‘xtatiladi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada jami 51 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga ketgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlari boshlangandan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi. Jarayon davom etmoqda.

Sian-Toshkent-Sian to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi yo‘lga qo‘yiladi

Xitoy aviakompaniyasi Siandan Toshkentga aviaparvozlarni 10 fevraldan tiklamoqda. Reyslar 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtab qolgandi.

Foto: Turkiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining yangi partiyasi yetib bordi

eO‘zbekistondan Turkiyaning Gaziantep shahriga uchinchi samolyotda gumanitar yordam, qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari hamda kinologlar (xizmat itlari bilan) yetib bordi.

Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi qamoqqa olindi

Huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi iyul oyida sodir bo‘lgan Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlikda ayblandi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, ular qamoqqa olindi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Qo‘llanma: Zilzila bo‘layotganida nima qilish va nima qilmaslik kerak?

Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida minglab insonlar halok bo‘ldi. Ushbu hodisa dunyoning boshqa nuqtalarida ham zilzila va u sodir bo‘layotganida qanday harakat qilish lozimligi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Ushbu maqola — aynan zilzila vaqti qanday yo‘l tutish kerakligi haqida.