ASUS brendi ishlash uchun mo‘ljallangan maydonni kengaytirish sohasida g‘ayrioddiy fishkalarga ega noutbuk modellarini muvaffaqiyatli ishlab chiqarmoqda. O‘zi bilan yaxlit egiluvchan ekranni namoyon qiladigan birgina ASUS Zenbook 17 Fold OLED haqida cheksiz gapirsa bo‘ladi.

Biroq Zenbook seriyasida ancha hamyonbop, ammo sifatda qolishmaydigan va hatto quvvatda futuristik 17 Fold OLED`dan ustun bo‘lgan modellar ham bor.

реклаmа

Ajoyib Zenbook Pro 14 Duo OLED modeliga e’tibor berish mumkin. U ikkita sensorli ekranga ega. Ular nafaqat chiroyli yangilik, balki ishda foydali vosita hamdir. Bundan tashqari, ushbu model baquvvat «temir» bilan jihozlangan, buning yordamida siz ijodiy vazifalarni bajarishda noutbukka bemalol ishonishingiz mumkin bo‘ladi.

Bu maqolaning qahramoni yuqori samarali «mag‘izdan» iborat — Intel protsessori, NVIDIA video kartasi va ASUS IceCool Plus eksklyuziv sovutish tizimi, yorqin xususiyatlarni o‘z ichiga olgan asosiy sensorli OLED-displeyi va ikkinchi qulay ScreenPad Plus ekraniga ega. Bundan tashqari, u kerakli ulagichlar va boshqa fishkalar bilan jihozlangan bo‘lib, chiroyli zamonaviy korpusga ega.

Undan qaysi maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?

реклаmа

Zenbook Pro 14 Duo OLED o‘zidan avvalgi model Zenbook Duo 14`dan sezilarli darajada farqlanadi. Jumladan, 2022 yilgi model ancha kuchliroq «temir» bilan ishlangan hamda tasvirni yangilash chastotasi 120 Gs bo‘lgan zamonaviylashtirilgan OLED-displeyga ega. Shunday qilib, Pro 14 Duo mutaxassislarning murakkab vazifalarini bajarish uchun baquvvat ish vositasiga aylandi.

Shu bilan birga, noutbuk ulkan loyihalarning mobil yaratuvchisi bo‘lishga qodir o‘zining asosiy afzalliklarini saqlab qoldi: ixcham o‘lchamlarga ega nozik va yengil korpus.

Ikkita sifatli ekran — ikki barobar foydali ish koeffitsiyenti

реклаmа

Bozorda taqdim qilingan noutbuklarning xilma-xilligi orasida yangi model nafaqat chiroyli mahsulotligi, balki foydali ikkinchi ish maydoniga aylanishga qodir bo‘lgan ikkita sensorli OLED-ekranining mavjudligi bilan ajralib turadi. Zenbook Pro 14 Duo OLED`ning o‘ziga xos xususiyati ctilus bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashdir, buning natijasida rassomlar va dizaynerlar aniq va qulay vosita bilan kontent yaratishi mumkin.

Birinchi, asosiy ekran diagonali 14,5 dyuym, tiniqligi 2,8K — 2880×1800 pikseldir. 16:10 tomonlar nisbatli displeyning perimetri bo‘ylab ingichka ramka joylashgan. Uning sharofati bilan ekran sathni 93% gacha egallab, ramkasiz effektni yaratadi.

Matritsa tasvirini yangilash chastotasi yuqori 120 Gs, javob vaqti esa atigi 0,2 ms. Ular birgalikda dinamik sahnalarning silliq ko‘rinishini ta’minlaydi va eng qizig‘i, bunday OLED-ekrani 165 Gsli yuqoriroq yangilanish chastotasi va javob vaqti 3 ms bo‘lgan IPS-texnologiyasi bo‘yicha tayyorlanganidan ko‘ra tezroq ishlaydigan model deb tanilgan, chunki vizual artefaktlar ajratib bo‘lmaydigan minimal darajagacha kamaytirilgan.

реклаmа

Zenbook Pro 14 Duo OLED asosiy displeyi 100% DCI-P3 kinematografik rangli qamrovga, Pantone tomonidan sertifikatlangan rang aniqligi va HDR-kengaytirilgan dinamik diapazonga ega. Ushbu xususiyatlar tufayli noutbuk lol qoldiradigan darajada detallashtirilgan, haqiqatga yaqin tasvirlarni taqdim qila oladi va ular oddiy ekrandagidan yanada mazmunli, hayotiy ko‘rinadi.

Ultrabukning OLED-displeyi suyuq kristall displeylarga qaraganda 70% kamroq zararli ko‘k nur tarqatadi, bu esa kattalar va bolalarning ko‘zlari uchun ancha qulayroqdir. Bu xususiyatlari TUV Rheinland Low Blue light va SGS mustaqil laboratoriya sertifikatlari bilan tasdiqlangan. Bundan tashqari, OLED-displey juda yuqori darajadagi kontrastlik darajasiga va 550 kd/m² gacha yorqinlikka ega.

Noutbuk qopqog‘ini ochganingizda, ScreenPad Plus avtomatik ravishda foydalanuvchi uchun qulay burchakka ko‘tarilib, asosiy displey bilan deyarli cheksiz ish joyini yaratadi. U egasiga tizim bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun kengaytirilgan variantlarni taqdim etadi, bu operatsion tizim uchun shu vaqtning o‘zida qo‘shimcha muhit yaratadi va unga istalgan ilovani ko‘chirish imkoni paydo bo‘ladi.

реклаmа

Gadjet bilan ishlash qulayligini yangi darajaga olib chiqish uchun noutbukka ikkinchi displey zarur. Masalan, ScreenPad Plus oynachasiga Adobe Premiere, Photoshop, After Effects, Lightroom Classic ilovalarini boshqarish unsurlarini chiqarish mumkin. Kelajakda ular qatori yanada kengayshi kutilmoqda. Ekran to‘rtta boshqarish usulini taqdim etadi: aylanma shkala, tugma, slayder i skrolling. Ular yordamida siz, masalan, qatlamning shaffofligi, cho‘tka hajmi, ranglarning to‘yinganligi va boshqa parametrlarni o‘zgartirishingiz mumkin.

ScreenPad Plus diagonali 12,7 dyum. Boshqa ko‘rsatkichlari ham shunday yuqori: tiniqligi — 2,8K, tasvirning yangilanish chastotasi xuddi asosiy displey kabi 120 Gs. Tomonlar nisbati 32:10 o‘lchamli qo‘shimcha yupqa ramkali sezuvchan ekran antiblik qoplamaga, 100% DCI-P3 rang qamrovi va 500 kd/m² gacha yorqinlikka ega.

Natijada Zenbook Pro 14 Duo OLED qo‘sh ekranlarining zamonaviy xususiyatlari va istisno imkoniyatlari ijodiy ish vaqtida ish makoni chegaralarini kengaytirishga qodir.

Yuqori quvat va avtonomiya

реклаmа

Zenbook Pro 14 Duo OLED qo‘sh ekranlarining ajoyib xususiyatlari va imkoniyatlariga qaramay, unga faqat mazkur funksiyalarga ega bo‘lish yetarli emas. Resurs talab qiladigan ijodiy vazifalarda qulay ishlash uchun ASUS muhandislari noutbukni ilovalar bilan qotib qolishlarsiz ishlash va yuqori grafik sozlamalarida og‘ir o‘yinlarni o‘ynash imkonini beruvchi flagman «temiri» bilan jihozlashdi.

Xaridorning ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab, ushbu kompyuter ichiga Intel Core i9−12900H protsessori, kuchli NVIDIA GeForce RTX 3050 Ti videokartasi, 32 Gb gacha operativ xotira va yuqori tezlikdagi 2 Tb hajmga ega qattiq jismli to‘plagich joylashtirildi.

Intel Core i9−12900H chipi 6 ta ishlab chiqaruvchi va 8 ta energiya tejovchi yadrolardan iborat bo‘lib, ular 5,0 gGs gacha chastotada ishlaydi va yuklamani protsessorga dinamik taqsimlash imkonini beradi. 4 Gb ga ega videoxotirali studiya klassdagi GeForce RTX 3050 Ti videokartasi bilan birga noutbuk tizimi hatto 3D rendering va videomontaj kabi murakkab vazifalarda ham yuqori tezlikni beradi.

реклаmа

Noutbuk ochilganda ikkinchi ekran katta ventilyatsion ochiq joyni ochadigan burchak ostida korpus ustida ko‘tariladi. Kompyuter AAS Ultra faol aerodinamik tizim bilan jihozlangan bo‘lib, bu tizim Zenbook Pro 14 Duo OLEDni IceCool Plus eksklyuziv texnologiyasi bilan birga sovutish ustida ishlaydi. U 12 V shamollatgich (ventilyator), ikkita issiqlik trubkasidan iborat bo‘lib, noutbukning umumiy termal paketini 85 Vt gacha jamlaydi.

Zenbook Pro 14 Duo OLED ichida 76 Vt/s akkumulyator mavjud bo‘lib, u 9,5 soatgacha batareya quvvatini ta’minlaydi. Demakki, oddiy vazifalarni bajarayotganda, noutbukning quvvati (zaryadi) butun ish kuniga yetishi kerak. Kerakli energiyani tezda tiklashda sizga 100 Vt quvvatga ega Power Delivery komplekt bloki yordam beradi.

Kerakli ulagichlar

Zenbook Pro 14 Duo OLED professionallar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u nafaqat USB-S juftligi, balki ish uchun zarur bo‘lgan boshqa portlar bilan ham ta’minlangan.

Qurilmaning chap tomonida, sovutish teshiklari yonida audioulagich, o‘ng tomonida esa bitta USB 3.2 Gen2 Type-A va ikkita Thunderbolt 4 USB-C mavjud bo‘lib, ular 40 Gbit/s tezlik bilan ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Micro SD uchun kartrider, zaryadlash porti va HDMI 2.1 noutbukning orqa tomonida joylashgan.

Elegant dizayn

реклаmа

Foydalanishda qulayligi va kuchli ichki qismlariga qaramay, Zenbook Pro 14 Duo OLED chiroyli elegant metall korpusga ega. Uning qopqog‘ida A harfi ko‘rinishidagi hammaga tanish yoritiladigan yangi logotip-monogramma mavjud. Yaltiramaydigan qora korpus olefob qoplamaga ega bo‘lib, yuzasidagi ifloslanishni imkon qadar kamaytirishga imkon beradi.

Ammo noutbukni qo‘lda nafaqat materiallar va korpusning qulay shakli tufayli ushlash yoqimli. U yengil, — atigi 1,7 kg va ingichka, — 17,9 mm, shuning uchun ish chegaralari «yo‘l-yo‘lakay» kengayib boraveradi. Bunday noutbuk yordamida fotosuratlar va videolarni tahrirlash, chizmalar va jadvallarni tekshirish yoki uchrashuvlar tashkil qilish va rejalarni yozib olish, hatto uni qo‘lingizda ushlab turish yoki tizzangizga qo‘yish mumkin.

Bunday noutbuk yordamida hatto uni qo‘lingizda ushlab yoki tizzangizga qo‘ygan holda fotosuratlar va videolarni tahrirlash, chizmalar va jadvallarni tekshirish yoki uchrashuvlarni tashkil qilish va rejalarni yozish mumkin.

Klaviatura i tachpad ErgoSense

реклаmа

Noutbuk bilan ishlash qulayligi uchun uning ekrani va kuchli jihozlaridan keyin uchinchi muhim komponent bu doimiy aloqada bo‘lishingiz kerak bo‘lgan klaviatura va tapchad hisoblanadi. Ishdan qoniqish darajasi va uning davomiyligi ular bilan aloqaga kirishishingizga bog‘liq, chunki noutbukning klaviaturasi va tapchadi noqulay bo‘lsa, ulardan imkon qadar kamroq foydalanishni xohlaysiz.

Zenbook Pro 14 Duo OLED har qanday ishni oson va qulay bajaradigan ErgoSense klaviaturasi va tapchadi bilan jihozlangan. Klaviatura tugmalari silliq yuzaga va barmoq uchiga mos keladigan 0,2 mm botiq shaklga ega. Tugmalar harakatlanishi 1,4 mm ni tashkil qiladi, shuning uchun klaviaturada yozish va boshqa manipulyatsiyalar ko‘p harakat talab qilmaydi.

Klaviaturaning o‘ng tomonida joylashgan noutbukning tachpadi katta namlash burchakli gidrofobik qoplamaga ega. Ushbu qoplama sirt silliqligining sezuvchanligini oshiradi va teginganda ipakdek mayin his etiladi. Shuningdek tachpad sirtiga ifloslanishlardan himoya qiluvchi oleofob qoplama yurgizilgan.

Ajoyib ovoz

реклаmа

Zenbook Pro 14 Duo Harman Kardon firmasi mutaxassislari tomonidan sertifikatlangan audiotizim bilan jihozlangan va ovoz jihatdan ko‘pgina zamonaviy noutbuklarni ortda qoldiradi. Noutbukning stereodinamiklari kuchli va detallashtirilgan past chastotalar bilan tovush chiqara oladi. Shu sababli ham musiqiy kompozitsiyalarni tinglash, ularni yozish va kontentni ko‘rish zavqini birinchi notalardanoq his etish mumkin.

Kompyuter dinamiklaridan chiqadigan tovush Dolby Atmos fazoviy audio effektlari orqali qayta ishlanadi, bu esa film tomosha qilish va musiqa tinglash paytida «sho‘ng‘ish» effektini kuchaytiradi. Bundan tashqari, Zenbook Pro 14 Duo OLED audiotizimida ovozning buzilishini bostiruvchi va baland ovozda musiqa tinglash vaqtida dinamiklarning shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan aqlli kuchaytirgich mavjud.

Qisqacha xulosalar

реклаmа

Zenbook Pro 14 Duo OLED — bu talabchan ilovalarda ishlash uchun maksimal foydalanish maydoniga muhtoj bo‘lgan ijodkorlar uchun kuchli va chiroyli mobil yechim. Shohona korpus, zamonaviy xususiyatlarga ega ikkita yorqin sensorli ekrandan tashqari, noutbuk baquvvat «temir», zarur ulagichlar va chuqur sifatli ovoz bilan ham maqtana oladi.

Batafsil ma’lumotni berilgan havola orqali olishingiz mumkin.

Siz Zenbook Pro 14 Duo OLED modelini O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek ASUS rasmiy hamkoridan sotib olishingiz mumkin: nout.uz.

Reklama huquqlari asosida.