“Katta Langar — jannatmonand joy”. O‘zbekistondagi tog‘ qishlog‘i Ildar Sadikov fotonigohida
Ildar Sadikov — toshkentlik janr va strit-fotosuratchilardan. U O‘zbekistonning chekka hududlariga ko‘p sayohat qiladi va mahalliy aholi hayotini suratga oladi. Shunday joylardan biri — Shahrisabzdan 70 km masofada joylashgan, o‘zgarmay kelayotgan arxitekturasiga beton xavf solayotgan Katta Langar qishlog‘idir.
Ildar Sadikov — toshkentlik janr va strit-fotosuratchilardan. U O‘zbekistonning chekka hududlariga ko‘p sayohat qiladi va mahalliy aholi hayotini suratga oladi. Shunday joylardan biri — Shahrisabzdan 70 km masofada joylashgan, o‘zgarmay kelayotgan arxitekturasiga beton xavf solayotgan Katta Langar qishlog‘idir.
Tog‘li hududda joylashgan Katta Langar qishlog‘i va uning qadamjolari o‘zbekistonlik va umuman butun dunyodan kelayotgan ziyoratchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Qishloqqa so‘fiy Muhammad Sodiq tomonidan XV asrda asos solingan. Bu yerdagi tepaliklarning birida Markaziy Osiyodagi eng qadimgi masjidlardan biri joylashgan bo‘lib, u yerda muqaddas Qur’onning saqlanib qolgan eng qadimiy qo‘lyozma nushalaridan biri — Katta Langar Qur’oni (Usmon Mushafi) uzoq vaqt davomida saqlanib kelgan.
Ildar Sadikov Katta Langarga birinchi marta sotsiologlar, madaniyatshunoslar, fotosuratchilar va kinematografistlarni birlashtirgan ekspeditsiya tarkibida 2020-yili kelgan edi. Shundan so‘ng u bu qishloqda yana bir necha marta bo‘ldi; u bu yerni o‘ziga xosligi, shu vaqtgacha o‘zgarmay kelgan me’moriy qiyofasi, odamlarining ochiqko‘ngilligi uchun “jannatmonand joy” deb ta’riflaydi.
“Katta Langarga kelganimda, bolalik xotiralarim chulg‘ab oladi”, — deydi Ildar.
реклама
реклама
Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Mamlakatda turizmga berilayotgan e’tibor sharofati bilan kattalangarliklar yangi imkoniyatlarni ham o‘zlashtirmoqda. 2022 yilning may oyida qishloqqa suv tortib kelishdi — bungacha odamlar quduq suvidan foydalanardi. Uylarda elektr bor, lekin gaz yo‘q. Gazga bo‘lgan ehtiyoj haftada bir to‘ldirib beriladigan gaz ballonlar bilan qondiriladi.
Sadikov 2022-yilda Katta Langarga ikki marta — may va oktyabr oylarida safar qildi. Bunda fotosuratchi qishloqning me’moriy qiyofasida yuz berayotgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratgan. Tabiat beton “libos kiyishni boshlagan”. Eski uylarni buzib, ularning o‘rniga “plastik qutilar” ko‘tarishmoqda. Xalq “olovli” deb ataydigan qizil yer ustiga beton yo‘llar yotqizilyapti. O‘ziga xos, betakror qishloq arzon suvenirlar sotiladigan turistik rastaga aylanyapti.
Ildar Sadikov bu o‘zgarishlar Katta Langarning tarixiy qimmatini yo‘qqa chiqaradi, deb hisoblaydi.

“Fotosuratchilar va sayyohlarni arzon qalbaki narsalar yoki beton emas, balki joyning arxitekturasi, aurasi o‘ziga tortadi. Beton bularning hammasini yo‘qqa chiqarib, buzadi”, — deydi u.
реклама
реклама
Sadikov mahalliy aholi qulayliklar istashini ham tushunadi. Ammo, uning fikricha, qulaylik va shinamlikka erishish yo‘lida o‘ziga xos arxitekturani qurbon qilish yaramaydi.

“Bu bizning merosimiz axir. Sayyohlarni nima bilan hayron qoldiramiz? Beton bilanmi?”, — deb savol qo‘yadi fotsuratchi.

U Qashqadaryo viloyati ma’muriyatida “bu aqlsizlikni to‘xtatishga, joyning tarixiy o‘ziga xosligini saqlab qolishga va bor narsalarni buzmay, qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash masalasini hal qilish”ga jur’ati yetadigan farosatli amaldor topilishiga umid bildirgan.
Suratlar muallifi: Ildar Sadikov.
Matnni Jahongir Azimov tayyorladi.
«Gazeta.uz» internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting