Pokiston elchisi Said G‘iloniy va Xitoy elchisi Szyan Yan O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Vazirlik rahbari ular bilan alohida uchrashib suhbatlashdi. Baxtiyor Saidov Said G‘iloniyga O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Xitoy elchisi bilan uchrashuvda esa undan hamkasbiga samimiy tilaklar yetkazishini so‘radi.

«Elchi xonimdan mening do‘stim, Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan janoblariga eng samimiy tilaklarimni yetkazishni so‘radim», — deb yozdi vazir.

bахтиёр саидоv, покистон, хитой, elchiлар

Ma’lumot uchun, Sayyid G‘iloniy 2020 yil oktabr oyida O‘zbekistonga elchi bo‘lib kelgandi. Szyan Yan esa 2018 yil 28 fevralda Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini topshirgandi.