30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yig‘ildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev u yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Oliy Majlis palatalari, prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham birinchi prezident xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

Marosimda Qur’ondan oyatlar o‘qilib, duo qilindi.

ислом каримов, шавкат мирзиёев

Davlat rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Samarqand

Qarshi