26 yanvar kuni soat 12:20 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida to‘rtta avtomobil — 33 yoshli R.N. boshqaruvidagi Spark, 30 yoshli A.X. boshqaruvidagi Nexia-3, 27 yoshli Sh. T. boshqaruvidagi Lacetti va 21 yoshli I.S. boshqaruvidagi Matiz avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Voqea oqibatida Spark hamda Lacetti avtomashina haydovchilari jarohat olgan. Holat yuzasidan YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

йтҳ, тошкент шаҳар йҳхб

йтҳ, тошкент шаҳар йҳхб