Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik bokschi yigitlar 9 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, bitta bokschi kumush, yana biri esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yigitlar terma jamoasi musobaqaga 13 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi.

Oltin:

  • -60 kg: Dilshod Abdumurodov;
  • -63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev;
  • -67 kg: Bekzod Hamidov;
  • -71 kg: Nurislom Ismoilov;
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev;
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev;
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev;
  • -92 kg: Nusrat Tohirov;
  • +92 kg: Jahongir Zokirov.

Kumush:

  • -48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev.

Bronza:

  • -51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.

Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqa doirasida qizlar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgandi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi U22 Osiyo chempionatini qizlar o‘rtasida ham, yigitlar o‘rtasida ham, umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinda yakunladi.