Uzbekistan Airways talabalar uchun ichki aviaqatnovlarga 50 foizli chegirma muddatini 23 yanvarga qadar uzaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu respublika bo‘ylab barcha hududlarga amalga oshiriladigan parvozlarni o‘z ichiga oladi.

18 yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23 yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.