Ukrainaning Kiyev viloyati Brovari shahrida 18 yanvar tongida Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatiga tegishli vertolyot quladi, deya ma’lum qildi Milliy politsiya rahbari Igor Klimenko.

Aviafalokat oqibatida Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbariyati: vazir Denis Monastirskiy, uning birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Yenin va davlat kotibi Yuriy Lubkovich halok bo‘lgan.

Hozirgacha 17 kishining halok bo‘lgani ma’lum, qurbonlarning 9 nafari vertolyot bortida bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki nafar bola ham vafot etgan — vertolyot bolalar bog‘chasi oldiga qulagan.

22 jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ularning 10 nafari bolalar ekani aytilmoqda.