Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning ko‘rinishini namoyish etdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishi.

Taxminan 300 ming — 40 ming yil oldin yashagan 8−9 yoshli neandertal bolaga tegishli bo‘lgan toshga aylangan bosh suyagi 1938 yilda topilgan. Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldig‘i hisoblanadi. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa ko‘chishini isbotlagan.

«Yangi restavratsiya neandertal bola qiyofasini yanada ishonarli, shuningdek, uning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish qildi», — dedi Moskva davlat universiteti tadqiqot instituti va antropologiya muzeyi direktori Aleksandra Bujilova.

Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Yevrosiyo mintaqasidagi qadimgi odamlarning tashqi qiyofasini aniq ko‘rsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlarini hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini chuqur o‘rganish va namoyish qilish uchun yangi g‘oyalar beradi.