17 yanvar kuni Toshkent shahar IIBBda Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligida poytaxtning ayrim tumanlarida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash borasidagi tizimli muammolar yuzasidan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Yig‘ilish davomida poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yashnobod va Bektemir tumanlari uchun barcha resurslarni adolatli taqsimlash, muammoli mahallalarda fuqarolarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mas’ul etib biriktirilgani ta’kidlandi.

Tumanlarga biriktirilgan huquq-tartibot idoralari, hokimlik, elektr, gaz, issiqlik energiya korxonalari rahbarlaridan iborat har bir tuman kesimida ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qator choralar belgilandi.

иив, иив akademiyasi, пўлат бобожонов

Xususan, Po‘lat Bobojonov mutasaddilarga vazirlikning imkoniyatlaridan foydalanib, har bir tuman va mahalla kesimida yetarli xamda harbiy dala palatkalarini ajratib to‘liq jihozlangan «Isinish punktlari»ning uzluksiz faoliyatini ta’minlash vazifasini topshirdi.

Qolaversa, vazirlik akademiyasi bazasida og‘ir vaziyatlar yuzaga kelganda fuqarolarni joylashtirish uchun 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalarini tashkil etish belgilandi.

Bundan tashqari:

  • mas’ullar tomonidan Bektemir, Yashnobod, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida aholining muhtoj qatlamlariga kuniga bir mahal issiq ovqat tayyorlash va uylariga yetkazishni tashkillashtirish;
  • barcha energetik (gaz va elektr) obyektlar, dispetcherlik bo‘limlari mavjud binolarida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining navbatchiligini tashkil etish;
  • har bir avariyaviy holatni zudlik bilan bartaraf etish, elektr ta’minotining режали o‘chirilishi haqida aholini o‘z vaqtida xabardor qilish va unga qat’iy amal qilishni ta’minlash va shu kabi boshqa topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni vaqtinchalik issiq joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etiladi.