O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi viloyat hokimiyati bilan «ob-havo sharoiti barqarorlashguncha» maktablarni vaqtinchalik onlayn ta’limga o‘tkazish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar berdi.

Seshanba kuni videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda umumta’lim maktablarining III chorak boshiga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi.

Vazir Xilola Umarova mahalliy hokimliklar maktablarning tayyorgarligi holatini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini ta’kidladi.

Shu kuni bir qator viloyatlar hokimliklari maktab, oliy o‘quv yurtlari, bolalar bog‘chalari va boshqa ta’lim muassasalari ochilishini 18 yanvardan 23 yanvarga ko‘chirgani haqida ma’lum qildi.