Toshkentdagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.

Qaror havo-haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta’minotini uzluksiz yetkazish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko‘ra, barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari ish faoliyatini ertalab soat 10−00 dan 17−00ga qadar amalga oshirishi lozim.

Shahardagi oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun cheklov tatbiq etilmaydi.

Ish vaqtidan so‘ng barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini o‘chirilgan holda elektr va gaz iste’molini to‘xtatish talab etiladi.