Buxoro markazida sayyohlik markazi qurilishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun Akademik Ibrohim Mo‘minov, Hamza va Hofiz Tanish ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 32,6 gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan hukumatning 26 dekabrdagi majlisi bayonnomasida aytiladi («Gazeta.uz»da nusxasi bor).

Hujjatda ta’kidlanganidek, yer loyihani «jalb qilingan mablag‘lar» hisobidan amalga oshirishni rejalashtirayotgan Enter Engineering kompaniyasiga ajratiladi.

Hujjatda 29 ta davlat obyekti, jumladan, Buxoro viloyati va Buxoro shahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi, 2-maktab, Buxoro davlat tibbiyot kolleji, madaniyat kolleji, «Buxoro Arena» stadioni, FHDYO va boshqa binolarni boshqa joyga ko‘chirish ko‘zda tutilgan.

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноvaBuxoro viloyati hokimligi binosi. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».

Buxoro hokimligi binosi. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».Buxoro hokimligi binosi. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».

Bundan tashqari, boshqa xususiy obyektlar, jumladan, InfinBANK binosi, kafe va turar joylarni ham «ko‘chirish», amalda esa buzib tashlash ko‘zda tutilgan.

InfinBANK binosi. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».InfinBANK binosi. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».

Buxoro viloyatining yangi ma’muriy markazi Gulchorbog‘ va Otbozor mahallalarida 1000 gektar maydonda barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqich doirasida 100 gektar maydonda ma’muriy markaz, xizmat ko‘rsatish obyektlari, ko‘p qavatli turar joy majmualari, ko‘ngilochar markazlar va xiyobonlar qurish rejalashtirilgan.

Bo‘lajak turistik va ma’muriy markazlar hududidagi obyektlarni inventarizatsiya qilish va ularning bozor qiymatini aniqlash (mustaqil baholovchilar orqali) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.

5 yanvardan 15 yanvarga qadar ishchi guruh ko‘rsatmalarni bajarish uchun Buxoro shahrida bo‘ladi, deyiladi hujjatda.

Hokimiyatlar va sport majmuasi hududiga juda ko‘p daraxt o‘tqazilgan.Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».Hokimiyatlar va sport majmuasi hududiga juda ko‘p daraxt o‘tqazilgan.Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».

Kun.uz ma’lumotlariga ko‘ra, turizm markazini tashkil etish uchun buziladigan obyektlar egalarini 15 yanvargacha ogohlantirish, buzish, demontaj ishlarini baholash, buzilgan obyektlar egalariga boshqa davlat obyektlari yoki pul kompensatsiyasi taklif etish tavsiya qilingan.

Buxoro viloyatining yangi ma’muriy markazi bo‘yicha buyurtmachi sifatida viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi xizmati tanlangan. Turizm markazi buyurtmachisi esa Enter Engineering yoki uning tuzilmasidagi tashkilot bo‘ladi.

Konsepsiyani loyihalash va ishlab chiqish investorning o‘z mablag‘lari va mahalliy budjetdan qo‘shimcha manbalar hisobidan moliyalashtiriladi, deyiladi hujjatda.

Hukumat buyurtmachilarga istisno tariqasida tendersiz va elektron xaridlarsiz eng yaxshi takliflarni tanlash orqali loyihachilarni tanlashga ruxsat berdi.

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

Buxoro viloyat prokuraturasi va Majburiy ijro byurosi binolari. Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»

Konsepsiya loyihasini Buxoroning tarixiy qismi va bufer zonasi bilan chegaradosh hududlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishini hisobga olgan holda YUNESKO bilan kelishish topshirilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasiga (hozirgi Tabiat resurslari vazirligi) bo‘lajak turistik markaz hududidagi barcha qimmatbaho daraxt va buta navlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish topshirilgan.

Bukhara News Telegram kanali loyiha dizayni va dastlabki chegaralarini e’lon qildi

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

Deputatning munosabati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Buxorodan saylangan deputati Umida Rahmonova har kuni minglab aholi, ayniqsa, bolalar va keksalar foydalanadigan, 20 dan ortiq sport seksiyalari faoliyat yuritayotgan sport majmuasining buzilishi mumkinligi haqida yozdi.

«Hammaga qadrdon bo‘lgan joyda sayohatchi va ayrim ajnabiylar uchun shaharcha qurishmoqchi. Mahalliy aholi-chi? Afsuski,shaharda aholini sog‘lomlashtirish va yugurish yo‘lakchalari hali yetarli emas», — deb yozdi u Telegram kanalida.

Deputat mamlakat rahbari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilsin, degan bir paytda bu qaror qanchalar to‘g‘ri, degan savolni o‘rtaga tashladi.

«Qaror va takliflarga teskari ishlamaylik, o‘zi shusiz ham oxirgi paytda mana shunday o‘lda- jo‘lda qarorlar ortidan hukumatga ishonch so‘nyapti. Bunga sababchi bo‘lish yaxshi emas», — deb yozdi Umida Rahmonova.

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz».

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

«Buxoro» markaziy stadioni qoplamasi 2022 yilda yangilangan edi, bu yerda O‘zbekiston kubogi finali o‘tkazildi. Foto: Sports.uz.

Parlamentariy 2019 yilda e’lon qilingan Bukhara City hali amalga oshirilmaganini eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avval bitta «siti»ni qurib olish kerak.

U majmuani hududning boshqa tarixiy joylariga ham turistlarni jalb qilish uchun aynan o‘sha yerlarda barpo etishni taklif qildi. «Sababi Buxoro shahrida shusiz ham turistik oqim katta».

«[Hozir turgan obyektlar] juda katta mablag‘ evaziga qurilgan va yillar davomida bir necha bor rekonstruksiya ham qilingan. Shuncha mablag‘ni buzish shartmikan?! Qolaversa,Shaharsozlik kodeksining 38-moddasida aholi punklari rejasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kerak deyilgan,muhokama natijalari bormi? Xullas savollar ko‘p,ammo rasmiylardan munosabat yo‘q», — deb yozdi deputat. U Buxorodan saylangan deputat sifatida asosli, aniq rasmiy munosabat berishlarini so‘radi

Aholining munosabati

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva13 yanvar kuni «Potrebitel Buxara plyus» Telegram kanalida sayyohlik markazi qurilishiga qarshi bo‘lgan viloyat aholisining prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan videomurojaati e’lon qilindi.

«10 yanvar kuni bizga kelgan xabar hammani shok holatiga tushirdi. Bizga xabar berdilarki, mana shu chiroyli, hashamatli „Buxoro“ sport majmuasi o‘rniga xuddi Samarqand shahridagiday turistik markazni qurish kimga kerak bo‘libdi? Bu yerda shuncha sportchilar shug‘ullanadi. Har kuni 1200 bola kelib shug‘ullanadi. 50 ga yaqin murabbiylar bolalar bilan shug‘ullanyapti. Kuniga 1200 bola shug‘ullansa, ulardan tashqari Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari normativlarni shu yerda topshiradilar», — dedi videodagi erkak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sport majmuasi joriy yilda O‘zbekiston Superligasiga chiqqan «Buxoro» futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Sport majmuasi buzib tashlanganidan so‘ng muxlislar o‘z sevimli jamoalari futbolini tomosha qilish uchun boshqa shaharlarga borishlari kerak bo‘ladi, keyinchalik ular tarqalib ketishi mumkin.

Bu yerda sportchilar va paralimpiyachilar ham shug‘ullanadi.

Erkak Buxoroda «Ark» qal’asidan «Labi-Hovuz» ansambligacha bo‘lgan hududda sayyohlik shaharchasi borligini esladi.

Prezident tomonidan e’lon qilingan «Yashil Makon» dasturi asosida yaqinda 1500 tup qimmatli ko‘chatlar ekilganini ham ta’kidladi.

«Bizni sportdan mahrum qilmoqchimisiz? Yana: „Sihat-salomatlik yili“, „Hamma stadionlarga boringlar“, — deysiz. Bunday qilib yo‘qotsangizlar… Turistlarga hamma sharoit, o‘zimizning xalq-chi? Yoshlar-chi», — dedi erkak.

Boshqa bir aholining aytishicha, «dunyoning hech bir joyida yosh stadionlar buzilmaydi va bu stadion 16 yoshda».

obyektlar kimning hisobiga buziladi?

enter engineering, buхоро, buхоро sayyohlik markazi, uмиda раҳмоноva

Internet foydalanuvchilarining eslatishicha, ikki hokimlik binosi orasiga, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 50 ming dollar miqdoridagi granti hisobidan YeTTB xodimi, asli o‘zbekistonlik Kamola Mahmudovaning shaxsiy tashabbusi bilan daraxtlar ekilgan.

O‘zbekistonning 2023 yilgi Davlat budjetida qabul qilingan dasturlar, prezident va hukumat topshiriqlari asosida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni (shu jumladan, ko‘chmas mulkni buzish uchun) qoplash uchun 516,6 mlrd so‘m (2022 yilda — 500 mlrd so‘m) belgilangan.

Moliyachi Otabek Bakirov Buxoro viloyatining 2023 yilgi budjetida buzilgan obyektlarning o‘rnini qoplash uchun mablag‘ kiritilmaganiga e’tibor qaratdi, shu bois bu mablag‘larni davlat budjeti hisobidan to‘lash mumkinligini tahmin qildi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz» Vazirlar Mahkamasining bayonnomasi va turistik markaz loyihasi mavjudligini tasdiqladi, biroq qo‘shimcha savollarga javob bera olmadi.

Tahririyat Enter Engineering va Qurilish vazirligiga ham savollar yubordi.

Enter Engineering haqida

Kompaniya 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, turli darajadagi murakkablikdagi neft-gaz, sanoat va fuqarolik obyektlarini loyihalash, yetkazib berish, qurish va foydalanishga topshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Enter Engineering kompaniyasi Samarqand mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyo majmuasi, Humo Arena muz majmuasi, UzGTL sintetik yoqilg‘i zavodi, to‘liq texnologik ishlab chiqarishga ega 3-sonli misni qayta ishlash zavodi majmuasi, Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali kabi loyihalarni qurgan yoki amalga oshirishda ishtirok etgan.

Enter Engineering kompaniyasining asosiy aksiyadori Baxtiyor Fazilov hisoblanadi. Shuningdek, u Samarkand Touristic Centre, ya’ni Samarqanddagi turistik markazning 60 foiz ulushiga (qolgan 40 foizi NBU Samarkand Invest`ga tegishli) va boshqa bir qator korxonalarga egalik qiladi.