Toshkent shahri Yunusobod tumani 11 daha (Megaplanet orqa tarafidagi mahalla) 26, 27, 29, 30 uylarda 13 yanvar soat 7:00 da elektr energiyasi va gaz ta’minoti o‘chirilgan. 14 yanvar soat 12:15 holatiga ko‘ra ushbu uylarda elektr va gaz ta’minoti tiklanmagan. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri ma’lum qildi.

Aslida «svet» va gazdan uzilib qolgan uylar bundan ancha ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Daryo`ning 13 yanvar soat 23:11 da e’lon qilgan xabarida ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumani 4-dahasidagi iste’molchilar 12 yanvar soat 22:00 lardan boshlab elektr energiyasi ta’minotidan uzilgan va bir sutka davomida qayta tiklanmagan.

Telegram kanallarda elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab aholi vakillari Yunusobod tumani hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yaqinida yig‘ilgani aks etgan video ham tarqaldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filialinig 13 yanvar kuni 21:52 da xabar berishicha, Sergeli hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida favqulotda avariya holatida nosozlik yuzaga kelgan.

Natijada, Sergeli tumanining:

  • «Xabibiy», «Xontepa», «Qumariq», «Xonobod tepa», «Ziyolilar», «Fayzli», «Eski Jaloyir» MFYlari hamda Sergeli-5, Sergeli-7 va Sergeli-6A mavzelarida yashovchi aholi xonadonlarida;

Yashnobod tumanining:

  • «Nodira» mahallasining Xavaskor, Muruvvat, Shirmonbuloq, Xusnobod ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida;

Yunusobod tumanining:

  • 4-daha: 15, 56, 57, 58, 59, 60, 61-sonli ko‘p qavatli uylar;
  • 7-daha: 4, 10, 11, 12- sonli ko‘p qavatli uylar;
  • 11-daha: 42, 43, 45, 46, 47-sonli ko‘p qavatli uylar;
  • 13-daha: 34, 35, 46-sonli ko‘p qavatli uylar;
  • 15- daha: 24, 25, 74 hamda 75-sonli ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida;
  • Gvardiya, Chinobod, Oqtepa, Bogishamol hamda Otchopar 2-tor kochalarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

Xabarda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.