Surxondaryoda Nexia-3, Damas va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXX axborot xizmati.

Qayd etilishicha, YTH 2023 yil 9 yanvar soat 17:20 larda Denov tumanida sodir bo‘lgan. Unda M-41 Bishkek-Dushanbe-Termiz avtomobil yo‘lining 1487-kilometrida Nexia-3 haydovchisi mashinani ikkinchi darajali yo‘ldan boshqarib kelib, asosiy yo‘ldan kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

Zarb tufayli Damas boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtobusga urilgan. Oqibatda Damas yo‘lovchisi og‘ir jarohatlar olib, shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, 2023 yil 11 yanvar kuni soat 19:30 larda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidan o‘tgan 4R-145 Farg‘ona aylanma yo‘lining 17-kilometrida Lacetti yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari 2023 yil 11 yanvar kuni soat 21:10 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidan o‘tgan 4R-264 avtomobil yo‘lining 29-kilometrida Kia Karnival, o‘zidan oldingi mashinalarni quvib o‘tish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib ketgan.

Oqibatda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.