Kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli 13 yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.

Ushbu sanada yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar bo‘ladi. Qaror yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgani aytilgan.

Yo‘lovchilarga poyezdlarning jo‘nash va kelish vaqtini axborot stansiyalarida ko‘rsatish tavsiya etiladi.

Qayd etilishicha, poyezdlar kechikishi avvalgi kunlarda ham kuzatilgandi. Xususan, 13 yanvar kuni Buxoro — Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida anomal sovuq ob-havo sababli nosozlik yuzaga kelgan va poyezd «Malik» bekatida to‘xtatilgan. Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zahira elektropoyezd jo‘natilgan.