Savitskiy muzeyining durdonalari Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida namoyish etiladi. Bu borada 11 yanvar kuni galereya bilan memorandum imzolandi, deya xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamg‘arma ijrochi direktori Gayane Umerova Uffitsi galereyasi direktori Eyke Shmidt bilan uchrashdi. Ular 2024 yilda Florensiyada o‘tkaziladigan ko‘rgazmaga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish uchun hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzoladi.

маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, савицкий muzeyи, уффитси
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan sara to‘plamlardan iborat badiiy asarlar ko‘rgazmasini Uffitsi galereyasi e’tiboriga taqdim etdi.

Uffitsi galereyasi hay’ati a’zolari o‘zlarining O‘zbekistonga rasmiy safarlari doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Nukus shaharlaridagi qator davlat muzey va madaniy meros obyektlariga tashrif buyurdi.