DXX katta miqdordagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qo‘lga oldi, deya xabar qildi O‘zA.

Qayd etilishicha, DXX tomonidan Navoiyda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkentda yashovchi fuqaro Cobalt avtomobilida 100 ming so‘mlik banknotlardan iborat 221 mln 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlangan.

Tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari bo‘lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham qo‘lga olindi. Ulardan jami 139 mln 800 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar olindi.

Tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 mln 900 ming so‘m bo‘lgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi, deyiladi xabarda.