O‘zbekistonlik taniqli bokschi, Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov uch kun avval, ya’ni 5 yanvarda o‘zining Instagram sahifasiga yelkasida ov quroli, oyoqlari ostida esa o‘nga yaqin qush aks etgan suratlarni hamda ov jarayoni aks etgan videoni joyladi.

фазлиддин ғоибназарov, qushлар, экология, ov мавсуми

Sportchining mazkur suratlari Instagram kuzatuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Ko‘plab tarmoq foydalanuvchilari jonzotlarga ozor berish yaxshi emasligini ta’kidlagan bo‘lsa, ayrimlar bokschidan bunday xatti-harakatni kutmaganini ta’kidlagan.

фазлиддин ғоибназарov, qushлар, экология, ov мавсумифазлиддин ғоибназарov, qushлар, экология, ov мавсуми


Fazliddin G‘oibnazarov ishtirokidagi mazkur holatga ekologuz telegram-kanali ham e’tibor qaratib, sportchilar qushlarni o‘ldirishni emas, balki ularni asrash, mehr ko‘rsatishni targ‘ib qilishi kerakligini bildirgan.

фазлиддин ғоибназарov, qushлар, экология, ov мавсуми

Foto: instagram.com/fazliddingaibnazarov

«Bokschimiz ovchilar ushyumasidan ro‘yxatdan va ovchilar uchun qo‘yiladigan talablardan o‘tganmi? Ovda ishtirok etganlarning ovchilik biletlari bormi? Agarda ov qonunda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu hujjatlar bilan bizni ham tanishtirishsa juda yaxshi bo‘lar edi. Sportchilarimiz qushlarni o‘ldirishni targ‘ib etmay, ularni asrash, don berish, jonivorlarga mehr ko‘rsatishni targ‘ib qilishsa yaxshi bo‘lar edi. Chunki sport bu — tinchlik elchisi, sportchimiz esa missiyasiga xilof ravishda ovni, o‘ldirishni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilmoqda. Sportchimizning muxlislari ko‘p, nahotki bizning yulduzlarimiz jonivorlarga nisbatan mehrni targ‘ib etishga qodir bo‘lishmasa?», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu telegram-kanal Tabiat resurslari vazirligidan sportchi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirishlarini so‘ragan.

«Gazeta.uz» muxbiri bir qancha savollarga javob olish maqsadida Fazliddin G‘oibnazarov bilan bog‘landi. Ammo bokschi mas’ullar bilan gaplashib olganini aytib, izoh berishni xohlamadi.

«Ertaga baliq ovlasam ham, nega baliq ovladilaring, deb ham hamma gapiradi. Odamlarga qo‘yib bersalaringiz, tirnoq orasidan kir qidiradi, to‘g‘rimi? [Qushlar] Qizil kitobga kiritilmagan-ku. Odamlar gapiraveradi, e’tibor qilmanglar», — dedi sportchi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ushbu holatga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fazliddin Gaibnazarovning ov qilib yurgan holati tasvirga olinib tarqalgan video va fotosuratlar yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi», — deyiladi xabarda.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ertaga, 9 yanvar kuni vazirlik mas’ullarining Fazliddin G‘oibnazarov bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Holat bo‘yicha to‘liq ma’lumot mazkur uchrashuvdan so‘ng berilishi ta’kidlandi.

Qayd etish joizki, holat tasvirlangan kadrlar sportchining Instagram sahifasidan o‘chirib tashlangan.