O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, 10−18-yanvar kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim yoshidagi (3−7 yoshli) bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Vazirlikning mazkur bayonotidan so‘ng «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov 6 yanvar kuni «ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak»ligini taklif sifatida ilgari surdi.

«Bog‘chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqtini qisqartirish juda yaxshi, lekin bu masalaning yarmi… Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak. Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o‘zgaradi. Qolaversa, natija ko‘p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi», — deb yozadi deputat.

Alisher Qodirovning mazkur taklifi Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbek segmentida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimlardir buni qo‘llab-quvvatlasa, ayrimlar taklifga qo‘shilmasligini yozib qoldirgan.

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimovning qayd etishicha, bu taklif amaliyotga joriy qilinsa, «oilali ayollar mehnat bozoridan siqib chiqariladi».

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

Tadbirkor Zafar Hoshimovning ushbu tvitini qo‘llab-quvvatlagan iqtisodchi Barnogul Sanaqulova hamda jurnalist va bloger Shahnoza Soatova quyidagicha fikr bildirgan:

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

Alisher Qodirovning mazkur chiqishi Facebook tarmog‘ining o‘zbek segmentida ham munozaralarni keltirib chiqardi. Xususan, Yoshlar siyosati va sport vazirligi xodimi Dilnozaxon Kattaxonovaning fikricha, ayollarning ish vaqtini qisqartirish aks natija beradi.

«O‘zi kamdan-kam rahbarlar ayollarni ishga olishni xohlaydi. Aynan ularga qonunchilikda berilgan imkoniyatlar hamda ayollarning oiladagi vazifalari sababli. Alisher Keldiyevichni hurmat qilaman, biz kiritgan qonunlarni doim qo‘llab-quvvatlaganlar, ammo ushbu taklifni e’tiborsiz qoldirolmadim. Mehnat qonunchiligiga to‘liq amal qilinsa, ayollar ham, erkaklar ham teng sharoitlarda samarali faoliyat yuritishlariga, oiladagi vazifalarini ham vaqtida bajarishlariga hech qanday to‘siq yo‘q», — deb yozadi Kattaxonova.

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

Ko‘plab tarmoq foydalanuvchilari Dilnozaxon Kattaxonovaning ushbu fikrlariga qo‘shilgan holda, o‘z fikrlarini yozib qoldirgan:

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси


алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси


алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси


Tarmoqlarda deputat Alisher Qodirovning taklifini qo‘llab-quvvatlagan foydalanuvchilar ham bor. Lekin ular orasida «Milliy tiklanish» partiyasi a’zolari ko‘pchilikni tashkil etadi. Buni izohlardagi so‘zlardan, tarmoq foydalanuvchisining partiya bayrog‘i yonida tushgan rasmini akkauntiga qo‘yganidan ham bilish mumkin.

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

алishер қодиров, жамоатчилик мuҳоkamаси

Alisher Qodirov o‘z taklifiga nisbatan bo‘lgan turli fikrlar, ayniqsa, tanqidlar bo‘yicha 7 yanvar kuni munosabat bildirdi.

«Oilali ayol xodimlarga ikki soatlik imtiyoz haqidagi taklif, ish beruvchilar va ayol faollar tomonidan „mehnat bozorida ayollarni kamsitilishiga sabab bo‘ladi“, deb tanqid qilindi. Ish beruvchi — xodimning kamroq ishlashiga moslashadi, lekin oila onasizlikka moslasha olmayapdi. Yangi Mehnat kodeksi ish vaqtini moslashtirish uchun imkon beradi. Ayollar oilasi uchun bu imkoniyatdan foydalanishi kerak. Aks holda, yaqin kelajakda insonning aniq qiymatini belgilashni taklif qiladigan, onasi qadrlamagan ish beruvchilar paydo bo‘lishiga tayyor turing», — dedi u.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, taraqqiyot qadriyatlarga tayanishi kerak. «Bormoqchi bo‘lgan manzilimizni aniq bilib olaylik», — degan fikrda deputat.