Surxondaryo viloyatida «KamAZ» va «VAZ 21011» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat YHXB axborot xizmati.

4 yanvar kuni Uzun tumani «Chinor» mahallasidan o‘tgan 4R-101 avtomobil yo‘lining 122-kmda «VAZ 21011» avtomobili shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «KamAZ»ga borib urilgan va yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida yengil avtomobildagi ayol kishi va uning qo‘lidagi 2022 yil tug‘ilgan farzandi og‘ir jarohat olib shifoxonada vafot etgan.

Voqeaga «VAZ 21011» avtomobili tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani va haydovchining tajribasizligi sabab bo‘lgani aniqlangan.