O‘zbekistonning 3 ta viloyatida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov kiritilishi ma’lum qilindi.

Xususan, Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston yagona elektr energetika tizimi favqulodda o‘chishlar va o‘ta-havfli rejim holatlarda quvvat hamda yoqilg‘i tinqisligi bo‘lgan vaqtlarda Surxondaryo energetika tizimi bo‘yicha 2023 yil 4 yanvardan 31 yanvarga qadar Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari filiali hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Surxondaryo filiali tasarrufida bo‘lgan podstansiyalardan chiquvchi 35−110 kVli tarmoqlarini cheklash bo‘yicha maxsus jadval tasdiqlandi.

Buxoro hokimligi ham cheklovlar haqida xabar qilgan. Unda aytilishicha, tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda hududlarga 3−10 yanvar kunlari keltirilgan jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkin.

«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» esa 3 yanvardan cheklovlar qayta joriy etilganini ma’lum qildan. Elektr cheklovlari avvaldan ishlab chiqilgan grafik asosida hududlar kesimida teng taqsimot asosida olib borilishi qayd etilgan. Cheklovlar qachongacha davom etishi haqida ma’lumot berilmagan. (Jadval)