O‘zbekiston Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.

OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi. Qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi

Sovuq tushishi kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi.

O‘ta johil va nodon kishilar ishi". Fatvo markazi — ziyoratchilarni dabdaba bilan kutib olish haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini ado etib kelgan ayolni kutib olishda uning qadami ostiga sholcha, kiyimlar to‘shalgani, yosh bolani ziyoratchi oyog‘i ostiga bostirilishi aks etgan video tarqaldi. Fatvo markazi bunday ishlardan qaytarib, buning riyokorlik va og‘ir gunoh ekanini bildirdi.

Toshkent viloyatida 9 nafar bola «Dok-1 Maks» siropidan zaharlandi

Tarmoqlarda Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilgan 2 yoshli bola vafot etgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi buni rad etib, shu paytgacha 9 nafar bola ushbu doridan zaharlanganini, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatdaligini ma’lum qildi.

«Dok-1 Maks»dan o‘lim holati haqida xabar bergan, keyinroq ishdan olingan bosh shifokor lavozimiga qaytishi mumkin

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ishdan olingan bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi

Payshanba kuni kechqurun Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston bo‘ylab 3−4 ballik kuchda sezildi.

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy qilinadi

Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida «tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda» jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi.

Finance TCI «Kapitalbank» aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi

Finance TCI «Kapitalbank»ning asosiy aksiyadoriga aylandi. Kompaniya bankning 50% ulushini sotib oldi va ustav kapitalidagi ulushini 61,54% gacha oshirdi. Uning hozirgi egasi Uzum guruhiga aloqador beshta korxonaga ham egalik qiladi.

Jizzaxdagi koloniyadan ikki nafar mahkum qochib ketdi

4 yanvar kuni Zafarobod tumanidagi 30-son manzil-koloniyasidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi. Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ularni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Chimyonda Rossiya fuqarosi qor ostida qolib vafot etdi

Bo‘stonliq tumanida 61 yoshli Rossiya fuqarosi taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘ldi.

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi

Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.

Andijonda YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi

Andijon viloyatida 17 yoshli bola to‘rt nafar sinfdoshi bilan Spark mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda ulardan biri tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushadi

1 iyuldan Toshkent shahrida tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi. Poytaxtdagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxona kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlash uchun 30 mlrd so‘m beriladi. Navoiy viloyatida bu tizimni ishga tushurishni vazirlik o‘ziga majburiyat sifatida oldi.

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov qamoqdan ozod etildi

2019 yilda 10 yilga qamalgan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. U tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora olish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda ayblangan.

Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi toqqa dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi

Tijorat banklari 5 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 200 — 11 290 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.