4 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov boshqa ishga o‘tganligi sababli uning o‘rniga Toshkent shahridagi «Novza» jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, idorada yangi tashkil etilgan raisning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov tayinlandi.

Ushbu institut rektori lavozimiga esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi mudiri, doktor, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov tayinlandi.

мусулмонлар idorasi, муфтий
Muhammadolim Muhammadsiddiqov