Dekabr oyida O‘zbekistonga keltirilgan «Dok-1 Maks» dorisining 3 ta partiyasi, ya’ni, salkam 60 ming qutisi qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasima’lumotlariga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Bundan tashqari, ushbu dorining ilgari keltirililgan 2 ta partiyasi ham DBQ omborida ushlab turilibdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hindlarning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilgan 19 nafar yosh bola halok bo‘ldi. Preparat tarkibida etilenglikol topildi. Ushbu dori va uni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning boshqa preparatlari dorixonalardan olib tashlandi.

Dori vositasini qabul qilish oqibatlari to‘g‘risida xabarlar kelib tushishi bilan dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan, deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida.