Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati Meksika-AQSh chegarasi orqali Qo‘shma Shtatlar hududiga kirish bilan bog‘liq savollarni qabul qilayotgani haqida ma’lum qilib, o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

«AQSh elchixonasi noqonuniy yo‘l bilan AQSh hududiga kirishga urinayotgan shaxslar o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlari haqida ogohlantiradi. Noqonuniy yo‘l orqali AQShga kelish hech qachon xavfsiz bo‘lmagan», — deyiladi xabarda.

Konsullik migrantlarni AQShga xavf-xatarlar ostida noqonuniy tarzda migratsiya qilishdan ko‘ra hududga kirishning qonuniy yo‘llarini izlab topishlariga chorladi.