O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan moliya vaziri Timur Ishmetov moliya vaziri lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

U Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Abdukodir Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan ozod etildi.