O‘zbekistonda 2 ta oliy ta’lim muassasasi rektorlari lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Botirovich Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Rajabovich Barakayev lavozimidan ozod etilgan.

Sotsiologiya fanlari doktori Ulug‘bek Azizov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga 2020 yil avgust oyida rektor etib tayinlangandi.

Ulug‘bek AzizovFoto: Facebook / @Ulugbek_AzizovUlug‘bek Azizov
Foto: Facebook / @Ulugbek_Azizov

Ulug‘bek Azizov 2016 yildan to rektor bo‘lgunga qadar shu universitet huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori-prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U 2000 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2009 yilda Yaponiyaning Sukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015 yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishi yoqlagan.

Nusratullo Barakayev esa 2019 yilda Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori etib tayinlangandi. Ushbu lavozimga kelgunga qadar Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Barakayev 2014—2015 yillarda Guliston davlat universiteti rektori sifatida ham ishlagan.