Axborot kodeksi loyihasi: Jamoatchilik nimadan norozi?

Axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova 45-moddani «xavfli» deb atadi. Nurbek Alimov esa «7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi.

Bayram kunlari aholi «svet» va gazdagi qarzdorlik uchun tarmoqdan uzilmaydi

Energetika vazirligi bayram kunlarida aholi elektr energiyasi va tabiiy gazdagi qarzdorlik uchun tarmoqdan ajratilmasligini ma’lum qildi. Iste’molchilar ushbu resurslar uchun bayram kunlari ham onlayn ravishda to‘lov qilishi mumkin.

Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi

Samarqand aeroportida 2023 yil 1 fevralgacha turistik axborot markazi tashkil etiladi. 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar 4 va undan yuqori yulduzli mehmonxonalar faoliyati uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Toshkent viloyatida 2,1 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Yangiyo‘l tumanida joylashgan tekstil korxonasi 10,5 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladigan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning natijasida energetika tizimiga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

ITIM tahliliga ko‘ra, 2022 yil davomida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 12−15 foizga oshdi. Bunda elektromobillar ulushi 2,3 foizni tashkil etdi. Sotuvdagi mashinalarning 70 foizi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkentda O‘zbekistonning bosh archasi porladi

Milliy kutubxona yaqinida O‘zbekistonning bosh archasi o‘rnatildi. U yerda mehmonlar uchun sun’iy muz maydoni mavjud hamda ko‘ngilochar dastur tashkilэтилди.

Rossiyada 1 yoshli o‘zbekistonlik qiz o‘yinchoq batareykasini yutib yuborishi oqibatida vafot etdi

Sankt-Peterburgda batareykani yutib yuborgan o‘zbekistonlik 1 yoshli qiz taxminan 3 oy o‘tib vafot etdi. Ota-ona shifokorga murojaat qilmagan. Ular qizi yutib yuborgan jism tanani o‘z-o‘zidan tark etadi deb o‘ylagan.

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi

Joriy yilning 25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von ($12 mln) miqdoridagi grant ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan o‘zbek-koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Sirdaryoda maktabga qayiqda qatnovchi qiz va oilasi uchun daryoda maxsus uskunali tros tortiladi

Tarmoqlarda yosh qizaloq maktabdan qaytishda Sirdaryo daryosidan qayiq orqali suzib o‘tayotgani aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Viloyat hokimi v.b. Akmal Maxmudaliyev qiz va onasi bilan uchrashdi. Hokim ular uchun daryo qirg‘oqlarini bog‘lovchi maxsus uskunali tros tortilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda savdo avtomatlar orqali sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Taqiqlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda spirtli ichimliklar, tamaki va elektron sigaretalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi qonunga, eskisidan farqli o‘laroq, jamoat joylarining batafsil ro‘yxati kiritildi (Ro‘yxat).

Yer usti metro liniyasi faqat bir kun kech ish boshladi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida poyezdlar soat 07:10 dan harakatlana boshlashi haqida xabar berilgandi. «Gazeta.uz»ning aniqlik kiritishicha, bu tartib faqat bir kun — 28 dekabr uchun joriy etilgan.

O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi

Endilikda O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi. Bu haqdagi norma Qonunchilik palatasida o‘tgan yig‘ilishda qonun loyihasidan chiqarib tashlandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi

Tijorat banklari 28 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 145 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 225 so‘m.

Adliya vazirligi «Gazeta.uz»ning Nukus voqealari bo‘yicha reportajini «OAVda huquq» tanlovida eng yaxshi deb topdi

Adliya vazirligi «Gazeta.uz»ning Nukus voqealariga oid «Nukusdagi vaziyat: tinch, ammo xavotirli» reportajini huquqni targ‘ib qiluvchi materiallar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda birinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi.

11 oy davomida O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar qariyb $45 mlrd soliq to‘ladi

DSQ taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd so‘m soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bunda, to‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Karimov ko‘proq onaga urg‘u berishni so‘ragandi» — Mustaqillik maydonidagi Baxtiyor ona haykali ochilganiga 17 yil to‘ldi

Mustaqillik maydonidagi 1992 yili «vaqtincha» o‘rnatilgan globus (Ozodlik obidasi) tagiga 17 yil avval ona va bola haykali qo‘yilgandi. U salkam 15 yil O‘zbekistonning oliy mehmonlari uchun birinchi manzil bo‘ldi, Islom Karimov esa bu monument «kelin-kuyovlar uchun sevimli qadamjo»ga aylanishiga ishongandi.