So‘nggi yillarda O‘zbekiston taraqqiyoti hayratlanarli sur’atlarda rivojlanmoqda, Toshkent chegaralari esa tobora kengaymoqda, xususan, Toshkentning yangi qismi — Yangi O‘zbekiston ko‘chasi obod bo‘lmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni mazkur hududdagi qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

«Yangi O‘zbekiston ko‘chasi poytaxtning eng muhim arteriyalaridan biriga aylanmoqda. Keyingi yillarda bu yerda yangi istirohat bog‘i, ko‘prik, universitet barpo etildi. Endilikda ko‘cha bo‘ylab umumiy maydoni 610 gektar bo‘lgan hududda uylar, mehmonxonalar, kinoteatrlar, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar qurish rejalashtirilgan», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

реклаmа

2023 yil oxirida poytaxtning sharqiy qismida 35 ming kv. metrdan ortiq maydonga ega RABAD qurilish savdo markazi o‘z eshiklarini ochadi. RABAD`ning asosiy ustunliklaridan biri — uning joylashuvidir: Toshkent markazidan ham, Toshkent viloyatidan ham transport bilan osongina yetib olish mumkin. Shuningdek, u 350 dan ortiq xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning brend do‘konlari hamda ko‘rgazma zallarini barchaga qulay joyda jamlaydi:

  • qurilish va pardozlash materiallari;
  • uy va qulaylik uchun tovarlar;
  • elektrotexnika jihozlari;
  • iqlim tizimlari;
  • xavfsizlik va avtomatlashtirish tizimlari;
  • mebel uchun furnitura va tayyor mebel;
  • tomorqa va bog‘dorchilik asbob-uskunalari;
  • maishiy texnika hamda zamonaviy hayot va qulaylikni yaratish uchun zarur bo‘lgan boshqa ko‘plab narsalar.

Taqdim etilgan assortiment hatto eng ta’bi nozik xaridorning ham, shuningdek, yangi joyni ta’mirlash yoki obodonlashtirishni boshlagan interer dizaynerining ham ehtiyojlarini qondira oladi.

RABAD`da qurilish industriyasiga oid istalgan formatdagi do‘konlar, omborlar, shuningdek, markaz hududida ham, fudkortda ham ovqatlanish va qahvaxonalar uchun joy xarid qilish yoki ijaraga olish mumkin. Loyihaning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, shartnomani imzolash vaqtida har bir joyning egasi marketing, yuridik, buxgalteriya va logistika yordamlarini oladi.

реклаmа

RABAD savdo markazining maydoni haqida

O‘sha davrlarda hunarmandchilik fonida dunyoga kelgan va muvaffaqiyat bilan rivojlangan madaniyat markaz asoschilarini sharqona xususiyatga ega bo‘lgan, xaridorlar jazirama yozda ham, qahraton qishda ham emin-erkin xarid qiladigan, markazga tashrif buyurganlardagi ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rish tinka-madorni quritadigan va murakkab jarayon degan stereotiplarni yo‘qqa chiqaradigan innovatsion savdo hududini barpo etishga ilhomlantirdi.

Bugungi kunda RABAD hunarmandchilik burchagi emas, balki zamonaviy qurilish markazidir. Qurilish maydoni — 1,3 ga, majmuaning umumiy maydoni — 2,6 ga.

Savdo markazida 350 dan ortiq do‘kon va ko‘rgazma zallari, shuningdek, qahvaxonalar va oziq-ovqat do‘konlari bo‘ladi. Savdo maydonchalari ijarachilar uni tartibga solish uchun ko‘p vaqt va resurslarni sarflamasliklari uchun shunga moslashtiriladi. Har bir xona White Box uslubida topshiriladi. Xonaning balandligi 4 m bo‘lib, poli keramogranitdan yasalgan. Oynali eshik, elektr va markaziy ventilyatsiya hamda konditsioner kerakli barcha sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Zarur hollarda alohida xonalar bo‘lajak egasining iltimosiga binoan suv ta’minoti, kanalizatsiya, havo tortish va boshqa shu kabi qo‘shimcha muhandislik tizimlari bilan jihozlanishi mumkin.

реклаmа

Do‘konlarga qulay kirishni ta’minlash uchun har bir qavatda yuk liftlari va eskalatorlar mavjud bo‘ladi, doimiy ravishda kerakli haroratdagi toza havo bilan ta’minlash maqsadida binolarda markazlashtirilgan shamollatish va havo tozalash tizimlari ishlaydi. Yong‘in o‘chirish tizimi va barcha jamoat joylari va omborlarni qo‘riqlash videokuzatuvi 24/7 rejimida ishlab, savdo markazi hududidagi tovarlar hamda obyektlar xavfsizligi va saqlanishini kafolatlaydi.

RABAD 700 yoki undan ortiq avtomobillar uchun to‘xtash joyini taqdim etadi. Qurilish savdo markazidagi do‘kon egalari va ijarachilarga qulaylik yaratish uchun omborlar ulardan kechayu kunduz foydalanish mumkin bo‘lishi uchun maxsus loyihalashtirilgan. Ombor hududida avtomobillar kirishi uchun qulay yo‘lakcha, turli og‘irliklarga mo‘ljallangan yuk liftlari, tovarlarni ortish uchun platformalar hamda kunu tun ishlaydigan videokuzatuv va signalizatsiya tizimi mavjud.

RABAD: «Katta rejalarni qilish vaqti keldi»

RABAD qurilish savdo markazi potensial investor va biznesmenlarni, shuningdek, qurilish, ta’mirlash va dekoratsiya sohasidagi qurilish brendlari vakillari, dillerlari va distribyutorlarga ushbu loyihaning bir qismiga aylanish hamda qulay shartlarda savdo maydonchalarini sotib olish yoki ijaraga olishni taklif qiladi. Kelishuv va uning bosqichlarini rasmiylashtirish bo‘yicha barcha hujjatlar shaxsiy maslahatchi bilan birga amalga oshiriladi.

Binolarni loyihalashda RABAD yaratuvchilari qulaylik bilan xarid qilish imkonini beruvchi barcha jihatlarni hisobga oldilar. Shu sababli binoda umumiy zona va koridorlarda dam olish uchun joylar, namozxonalar, turli qavatlarda qahvaxonalar, bolalar maydonchasi bo‘lgan keng fudkort, shuningdek kiyinish xonalari, vending avtomatlari va bank bo‘linmalari bo‘ladi. Savdo markazining pollari ekologik toza material — keramogranitdan yasalgan. Bularning barchasidag ko‘zlangan maqsad — tadbirkorlar uchun ham, tashrif buyuruvchilar uchun ham qulaylik yaratishdir.

реклаmа

Muvaffaqiyatli biznes investitsiyadan boshlanadi. 30 dekabrgacha maxsus yangi yil taklifi doirasida siz RABAD`dan qulay shartlarda ko‘chmas mulkini xarid qilishingiz mumkin. Do‘konlarni sotib olayotganda har kvadrat metr uchun 3 mln so‘m chegirma mavjud.

Batafsil ma’lumotni (+998) 78−113−06−31 telefoni orqali olishingiz mumkin.

Qurilish markazi manzili: Yashnobod tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi.
Mo‘ljal: «Yangi O‘zbekiston» parki.

Savdo bo‘limi manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 170.

Sayt: rabad.uz
Instagram: @rabad_uz
Facebook:fb.com/rabaduz

Reklama huquqi asosida.