Coca-Cola Toshkentda hamkorlari bilan shahar aholisi va mehmonlari uchun bir vaqtning o‘zida to‘rtta joyda syurprizlar tayyorlab qo‘ygan: Central Park va Anhor Lokomotiv`da sehrli yarmarkalar, Humo Arena`da an’anaviy qadrdon ertak hamda Tashkent City`da keng ko‘lamli ko‘ngilochar dastur sizlarni kutmoqda.

reklama

Sehrgarlar ham bo‘lgan ekipajlar archa oldiga kelgan har bir kishi uchun mazali syurpriz tayyorlash uchun Sosa-Sola`ning mashhur yuk mashinalarida taniqli ijrochilar: Gafur, Ruhsora, S.O.S., Sabina Mustayeva hamda blogerlar: Mittivine, Khusnorik, Nigina Abdujabbarova, Kamila Gimandinova, Littos, Mado, Teacher Azam va boshqalar kelishadi.

reklama

Humo Arena`da 3 yanvarga qadar bo‘lib o‘tadigan pazandalik shoulari ham Coca-Cola va kompaniya do‘stlarining sovg‘asi bo‘ladi.

reklama

Har kuni Santa ekipajlari bevosita Humo Arena hamda Instagram`dagi @cocacola_uzbekistan sahifasida sovrinlar o‘tkaziishadi.

reklama

Tadbirlar dasturi:

  • 27 dekabr — The Choyxona tomonidan asoschisi Roman Sayfulin boshchiligida mehmonlar uchun 1000 kishilik palov tayyorlanadi;
  • 28 dekabr — Pie Republic asoschisi va mashhur qandolatchi Laziz G‘ulomov zanjabil nonli ajoyib uy hamda mashhur yangi yil zanjabil pechenesi bilan ajablantiradi;
  • 29 dekabr — Roni Pizza jamoasi 1000 kishiga mo‘ljallangan mashhur neapolitan pitssasini olib keladi;
  • 30 dekabr — “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Xashimov yangi 2023 yilning “Olive” salatini taqdim etadi;
  • 2 yanvar — mashhur oshpaz Baxriddin Chustiyning afsonaviy jamoasi uning bestselleri — somsa, shashlik va palovdan iborat pazandalik dasturini taqdim etadi.

Reklama huquqlari asosida.