«O‘zgidromet» markazining ma’lum qilishicha, 26−27 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, shimolda va cho‘l hududlarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 7−12 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda +15 darajagacha ko‘tariladi.

28 dekabrda nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq va 3 darajagacha iliq, kunduzi +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

29−30 dekabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Harorat kechasi +2 daraja +3 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi harorat +2…+7 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushadi. Ushbu haftada tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.