Muxbir.uz sayti Telegram-kanalida Samarqand viloyatining Urgut tumani Vatak mahallasida go‘dak farzandini shafqatsiz kaltaklayotgani aks etgan video e’lon qilindi. Xabarda qayd etilishicha, ayolning qaynonasi kelini hali yosh nevaralarini doimiy ravishda qattiq kaltaklayotgani, o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqayotganini ma’lum qilgan.

Videoda bolaning burnidan qon kelgani, shunga qaramasdan, onasi tomonidan shafqatsiz kaltaklanayotganini ko‘rish mumkin.

«Tomosha qil, haymi, kayf qil… Seni kasringga bachalaring (bolalaring — shevada) yem bo‘ladi», — deya tinimsiz bolani uradi ayol.

«O‘zim tuqqan bo‘lsam ham, sen h*idan bo‘lgan. Ko‘rib tomosha qil, mana boshlandi, sening qilgan qiliqlaring uchun boshlandi», — deya yerda yotgan bolani ko‘tarib, yerga urishni boshlaydi.

ургут, shafqatsizлик

Holat yuzasidan Urgut tuman hokimligi munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, mazkur voqea shu kunning o‘zida tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ona hamda uning farzandini sog‘lig‘i va ruhiy holati mutaxassislar nazoratiga olingan.

«Shuningdek, ushbu holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho beriladi», — deyiladi xabarda.