24 dekabr kuni tongda Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida gaz bosimi ortishi tufayli portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermofda Nasafnews.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, «Ravoq» mahallasida joylashgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli salomatlikni tiklash shifoxonasi ikkinchi qavatidagi xonalardan birida chaqnash sodir bo‘ldi.

Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

portlash, қашқадарё

portlash, қашқадарё

portlash, қашқадарё