Bosh prokurorning buyrug‘i bilan O‘zbekiston harbiy prokurorining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi, deb xabar qildi prokuratura matbuot xizmati.

тайинловлар, harbiy прократура

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya polkovnigi Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Otabek Xolboyev tayinlovga qadar Toshkent harbiy prokurori lavozimida ishlagan, avvalroq esa Chirchiq harbiy prokurori, O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.

2020 yil mart oyidan buyon harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan adliya polkovnigi Bahodir Karimberdiyevich Xudoyberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

тайинловлар, harbiy прократура

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya podpolkovnigi Qaxramon Anvarovich Isroilov O‘zbekiston harbiy prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Qaxramon Isroilov tayinlovga qadar Navoiy harbiy prokurori lavozimida ishlagan.

Adliya mayori Sarvar Sattarovich Muxitdinov harbiy prokuror o‘rinbosari lavozimini tark etdi.

тайинловлар, harbiy прократура

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimovga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berildi.