Toshkent shahri Shayxontouhur tumani Ibn Sino mavzesi va Beltepa ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli 2022 yilning 24 dekabr kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti bo‘lmaydi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar qildi.

Shayxontohur tumanida:

  • 11 700 ta xonadon;
  • 25 ta ishlab chiqarish va maishiy korxonalar.

Uchtepa tumanida:

  • 750 ta xonadon;
  • 10 ta maishiy korxonalar.

Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilingan.