22 dekabr kuni soat 18:00 larda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Jizzax shahridagi Markaziy dexqon bozorining avtoturargohida bozor ma’muriyati tomonidan o‘rnatilayotgan Yangi yil archasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVB boshqramasi matbuot xizmati.

Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib bordi. Biroq yong‘in fuqarolar tomonidan o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida archaning 40 sm yuqori qismi yonib zararlandi. Aniqlanishicha, bezak sifatida o‘rnatilayotgan chiroqlarni yoqib, sinovdan o‘tkazish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘inda fuqarolarning kuyish tan jaroxati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.