22 dekabr kuni Surxondaryoning Termiz shahridan Afg‘onistonning Xayraton shahriga insonparvarlik yuki ortilgan mashinalar jo‘nab ketdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Insonparvarlik yordami to‘qqizta maxsus yuk mashinasida yetkaziladi.

Ularni topshirish marosimi Balx viloyati Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida o‘tkaziladi.

Bundan avvalgi 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami sentabr oyida olib borilgandi.