Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiya qilishdagi yosh chegarasi amaldagi qonunga nisbatan bir yoshga uzaytirilib, 21 yosh etib belgilanishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Senatning navbatdagi yalpi majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

Prezident 20 dekabrdagi parlamentga murojaatida eng ko‘p «ta’lim» (25 marta), «aholi» (22 marta), «maktab» (23 marta), «xalq», «investitsiya», «tadbirkorlik», «konstitutsiya», «mahalla» va «energetika» so‘zlarini ishlatdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi murojaat tahlilini taqdim etishdi.

Poytaxt avtobuslarini ta’mirlash uchun 5 mlrd so‘m ajratildi

Toshkent shahridagi 220 dan ortiq avtobuslarni joriy va kapital ta’mirlash uchun 5 mlrd so‘m ajratildi. Ma’lum bo‘lishicha, 175 ta avtobus keyingi faoliyatga yaroqsiz deb topilgan va ular hisobdan chiqariladi.

Hokimlarni xalq saylashi haqida 6 yildan beri gapiriladi. Endi bu masala Konstitutsiya loyihasiga bog‘lanmoqda

Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilgach, aholi hokimlarni bevosita saylash huquqiga ega bo‘ladi, dedi senator Tolibjon Madumarov. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati hamda kengash nazorati to‘g‘risidagi qonunlar loyihasi tayyor. Hokimlar saylovi yo‘lga qo‘yilishi haqida 2016 yildan beri gapiriladi.

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yuzaga kelgan yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan

Yong‘in xavfsizligi organlarining xulosasiga ko‘ra, Toshkentdagi «Ilhom» teatrida sodir bo‘lgan yong‘inga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Teatr yaqin vaqt ichida tiklash-ta’mirlash ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda.

Vakolatli organlarga asosiy oziq-ovqatlar sun’iy taqchilligini yuzaga keltirganlarning binolariga bevosita kirish huquqi berildi

Hukumat qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari sun’iy oshirilib, bozorlarda ajiotajlar yuzaga kelgan taqdirda, vakolatli organlar kompaniyalar binolariga kirish hamda omborlarda xatlov o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

Farg‘onada haydovchiga «ruhiy azob yetkazgan» YPX inspektorlari javobgarlikka tortildi

Quvalik haydovchi Farg‘onada o‘ziga nisbatan noqonuniy bayonnoma tuzgan ikki nafar YPX xodimini ruhiy azob yetkazganlikda ayblab sudga berdi. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, inspektorlarning har biriga 3 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Toshkentda bloger Shohida Salomova tuhmat va haqorat qilishda gumonlanib hibsga olindi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari bloger Shohida Salomovani tuhmat va haqorat bo‘yicha jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qildi. Ayol «ruhiy holatini tekshirish uchun» tibbiy muassasaga joylashtirildi. Qizining xabar berishicha, advokatga ayol bilan uchrashishga ruxsat berilmayapti.

O‘zbek-qozoq biznes-forumida qiymati $3 mlrddan ortiq kelishuvlar imzolandi

21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq biznes-forumi yakunlari bo‘yicha Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shuningdek, tomonlar qiymati $3 mlrddan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga turkman gazidan foydalanib ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga Turkmaniston gazidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Sirdaryo daryosini suv bilan ta’minlovchi To‘xtagul suv omborida suv sathining keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetkazib berdi.

Samarqandda uchta mashina to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Urgut tumanida «qizil»da o‘tib ketgan Damas Nexia va Lada bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Lada haydovchisi vafot etdi. Damas`ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi

Uchko‘prik tumanida er-xotin qo‘lbola usulda yasalgan pechkadan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Vazirliklarning bo‘sh turgan obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi

Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istonda 252 dona baliqni noqonuniy ovlaganlar ushlandi

Qorao‘zak tumanida kollektordan 252 dona baliqni noqonuniy ovlagan shaxslar ushlandi. Buning oqibatida tabiatga 40 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. To‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Transport vaziri prezident topshirig‘idan keyin haftada 4 kun avtobusda yurishni boshladi

Prezident topshirig‘idan so‘ng transport vaziri Ilhom Maxkamov har hafta kamida 4 kun uydan ishga borishda avtobusdan foydalana boshladi. Buni vazirning o‘zi emas, balki «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizov ma’lum qildi.

Toshkentda IIO xodimlari 15 yoshli bolaga qo‘pollik qilgan — poytaxt IIBB

Tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs bilan IIO xodimi o‘rtasidagi og‘zaki mojaro aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB xodimlarining qo‘pollik qilganini tan olib, ularga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlanganini ma’lum qildi.

Qaysi turdagi mashinalar avtobuslar yo‘lakchasida harakatlanishi mumkin bo‘ladi?

Toshkentda 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi. IIV boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyev yo‘laklarda avtobusdan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkinligini ta’kidladi.

Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi kameralar o‘rnatiladi

Toshkentda jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan foydalangan va o‘z avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.

Banklarda dollar kurslari tushdi

Tijorat banklari 21 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 335 so‘m.

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullanib kelgan er-xotin faoliyatiga chek qo‘ydi.

Toshkentda yo‘l chiziqlari yangilanishi sababli tirbandliklar yuzaga keldi

Dushanba va seshanba kunlari Toshkentning bir qator ko‘chalarida uzun tirbandliklar kuzatildi. Bunga yo‘l chiziqlarining yangilanishi sabab bo‘ldi. Biroq bu haqda oldindan ommaviy e’lon qilinmadi. Haydovchilar aylanma yo‘llarni topishga majbur bo‘lishdi.