Toshkentning Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘li qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabati bilan diametri 1000 mm bo‘lgan ichimlik suvi tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazilgan qismini qayta ulash ishlari vaqtida, ya’ni 20 dekabr soat 9:00 dan 21 dekabr soat 9:00 gacha quyidagi manzillarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi.

Jumladan, Sergeli tumanida:

  1. «Qorasuv», «Taraqqiyot», «Xonabod», «Qushbegi», «Xonabodtepa», «Quruvchilar», «Daryo bo‘yi», «Fayzli», «Jaloir», «Qipchoq», «Sug‘diyona», «O‘zgarish», «Habibiy», «Temir yo‘lchi», «Shukur Burxonov», «Yangi Sergeli», «Tinchlik», «Guliston», «Bobur», «Ittifoq», «Nilufar», «Humo» mahallalarida.
  2. 1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavodi va turli ishlab chiqaruvchi korxonalar. 8-qozonxona, TBK nasos stansiyasi, yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, Pepsi zavodi, «Paxta tola» zavodi, g‘isht zavodi, bojxona ombori, 25-sonli o‘rta maktab.

Shuningdek, Yangihayot tumanida:

  1. «Qipchoq», «Yo‘ldosh», «Al-Farg‘oniy», «Viqor», «Olchazor», «Do‘stlik», «Chortoq», «Charag‘on», «Toshkent» mahallalarida;
  2. 1-sonli tug‘ruq kompleksi, 37-sonli poliklinika, teri-tanosil shifoxonasi, o‘likxona, Yangihayot tuman hokimiyati, metall zavodi, 12-avtobus parki, Green Park bog‘i, «Evrika» xususiy bog‘chasida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi.

Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus transport vositalari yordamida yetkazib beriladi, deyiladi xabarda.