«O‘zgidromet» markazining xabar berishicha, O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, dekabr oyining boshidagi sovuq antitsiklon mamlakatni tark etib, respublikaga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin ko‘tarilib, qor butunlay erib ketdi.

16 dekabr, juma kuni mamlakat bo‘ylab quyoshli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kuni Toshkent viloyatida ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo +9…+14 darajagacha, ba’zi joylarda +16…+18 darajagacha isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4−5 daraja yuqoridir.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Shanba kuni havo harorati kechalari −3…+2 darajani, kunduzi +7…+12 darajani tashkil etadi. Yakshanba kuni esa harorat +5…+10 darajani tashkil etadi va ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.