Qozog‘istonda 2022 yil yanvarida O‘zbekistonning Ostonadagi elchixonasida pogrom uyushtirgan erkak sudlandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz 2-son Olmaota tuman sudiga tayanib.

Xabarda ta’kidlanganidek, erkak mast holatda O‘zbekiston elchixonasi binosiga kirib, diplomatik vakolatxona mulkini ataylab vayron qilgan va shikast yetkazgan.

Natijada O‘zbekiston elchixonasiga katta miqdorda moddiy zarar yetgan. Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, katta miqdorda zarar oylik hisob-kitob ko‘rsatkichining ming baravarini (3180 tenge) tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekiston elchixonasiga yetkazilgan zarar miqdori 3 180 000 tengedan (6 800 dollardan ortiq) ortiqroqni tashkil etadi.

Sud hukmi bilan erkak Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 202-moddasi 2-qismi 5-bandi (O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki shikastlash, katta miqdorda zarar yetkazgan holda) bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. O‘zbekiston elchixonasi foydasiga moddiy zarar undirildi.

Bundan tashqari, huquqbuzarga ozodlikdan mahrum qilish joyida alkogolizmdan majburiy davolanish belgilandi. Sud hukmi qonuniy kuchga kirdi, deyiladi xabarda.

2021 yil dekabr oyida Ostonada O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi, marosimda ikki davlat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Tokayev ishtirok etdi.