Chilonzor tumani IIO FMBga 1 dekabr kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 15 oktabrdan 30 noyabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs, shu tumandagi do‘konlarning biridan jami 42 320 000 so‘mlik sariyog‘ni o‘g‘irlab ketgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan hamda do‘konga xaridor sifatida kelib yurgan 33 yoshli Ya.Yu. aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.