Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida 26 dekabrdan 8 yanvargacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha 14 ta qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16

768-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 15 dekabrdan Toshkent — Andijon — Toshkent, 17 dekabrdan Toshkent — Termiz — Toshkent, 18 dekabrdan Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.