O‘zbekistonda 10 oyda 18 230 nafar egizak tug‘ildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 408 taga ko‘p.

10 oyda hududlar bo‘yicha:

  • Samarqand viloyatida — 2122 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida — 1888 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida — 1717 nafar;
  • Andijon viloyatida — 1676 nafar;
  • Namangan viloyatida — 1648 nafar;
  • Toshkent shahrida — 1616 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida — 1546 nafar;
  • Toshkent viloyatida — 1431 nafar;
  • Buxoro viloyatida — 954 nafar;
  • Xorazm viloyatida — 899 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 888 nafar;
  • Jizzax viloyatida — 777 nafar;
  • Navoiy viloyatida — 579 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida — 489 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

12 dekabr soat 8:00 dan 13 dekabr 8:00 ga qadar kun davomida O‘zbekistonda 2806 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 1492 nafari o‘g‘il, 1314 nafari qiz bolalar. Shulardan 29 nafari egizaklardir. 11 dekabr kuni esa kun davomida 2273 nafar bola tug‘ildi: 1163 o‘g‘il, 1110 qiz, 21 egizak.