Fuqarolarning to‘liq va xolis axborot olish huquqini ta’minlash hamda turli manbalardan ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida efirga uzatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati kengaytirildi, deya xabar bermoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Mamlakatda tarqatilishiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanallar umumlashtirilib, ularning asosida 192 tadan tarkib topgan kanallar ro‘yxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Ushbu ro‘yxatga ijtimoiy-siyosiy масалаларни yoritishga va yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan 35 ta, filmlar va seriallar namoyishiga mo‘ljallangan 37 ta, «National Geographic Channel» kabi ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, ma’rifiy yo‘nalishdagi 34 ta, bolalar va o‘smirlar auditoriyasiga mo‘ljallangan 27 ta, sportga oid mavzularni yoritishga ixtisoslashgan 20 ta va musiqiy-ko‘ngilochar kontent tarqatuvchi 39 ta xorijiy kanal kiritildi.

Mazkur ro‘yxatdagi xorijiy telekanallar pullik televideniye operator va provayderlari tarmoqlari (efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlari va internet platformalar) orqali tarqatiladi.

Xorijiy telekanallarni O‘zbekiston hududida tarqatish mualliflik va turdosh huquqlar sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklarda endi Rossiya televideniyesiga muqobil variant borligi, IP-televideniye operatorlari paketi qatoridan BBC, CNN, Bloomberg, France 24, Xitoyning CGTN, Turkiyaning TRT Avaz, «Belarus 24» telekanallari ham o‘rin olgani haqida xabar berilgandi.

Telekanallar ro‘yxati:

1. 1 HD MUSIC TELEVISION
2. 365 DNEY TV
3. 8 KANAL
4. AL JAZEERA
5. ANIMAL PLANET
6. AZTV
7. BARAEM
8. BBC NEWS
9. BBC WORLD NEWS
10. BLOOMBERG TELEVISION
11. BOLLYWOOD HD
12. BRIDGE TV CLASSIC
13. CBS
14. CGTN
15. CGTN Russkiy
16. CINEMA
17. CLUB MTV
18. CNBS
19. CNN
20. CNN International
21. DA VINCI
22. DEUTSCHE WELLE
23. DISCOVERY CHANNEL
24. DISCOVERY SCIENCE
25. DISNEY CHANNEL
26. DUCK TV
27. DOMASHNIY
28. DOMASHNIY INTERNATIONAL
29. ENGLISH CLASS
30. EURONEWS
31. EUROSPORT 1 / HD
32. EUROSPORT 2 / HD
33. FASHION TV
34. FOX NEWS
35. FRANCE 24
36. FUEL TV
37. GULLI GIRL
38. HDL
39. HOOLLYWOOD HD
40. INSIGHT
41. ITV
42. JEEM TV
43. JIMJAM
44. KBS WORLD
45. KHL
46. KIKA
47. LOVE NATURE
48. MEZZO LIVE HD
49. MMA TV
50. MTV
51. MTV LIVE HD
52. MUSEUM TV
53. MY ZEN
54. NATIONAL GEO WILD
55. NATIONAL GEOGRAPHIC
56. NBC NEWS
57. NHK World Japan
58. NICK JR
59. NICK TOONS
60. NICKELODEON
61. NICKELODEON HD
62. OKEAN TV
63. PARAMOUNT CHANNEL
64. PBS
65. QAZAQSTAN
66. RU.TV
67. SETANTA SPORTS 1
68. SETANTA SPORTS 2
69. SKY NEWS
70. SPACETOON
71. SPIKE HD
72. STAR CINEMA
73. SUPER RTL
74. TCM
75. THE CW
76. TIJI
77. TNT
78. TRACE SPORT STARS
79. TRACE URBAN
80. TRT AVAZ
81. TRT HABER
82. TRT MÜSİK
83. TURKMENISTAN
84. TV 1000
85. TV 1000 ACTION
86. TV 1000 RUSSKOE KINO
87. UFC
88. VIASAT EXPLORER
89. VIASAT HISTORY
90. VIASAT NATURE
91. VIASAT SPORT
92. VIP COMEDY
93. VIP PREMIERE
94. VIP SERIAL
95. ZOOMOO
96. ZOOPAPK
97. AVTO 24
98. AVTO PLYUS
99. ARSENAL
100. BOBYOR
101. V GOSTYAX U SKAZKI
102. V MIRE JIVOTNЫX
103. VOPROSЫ I OTVETЫ
104. GLAZAMI TURISTA
105. DETSKIY MIR
106. DIKAYA OXOTA
107. DIKAYA RЫBALKA
108. DIKIY
109. DOKTOR
110. DOM KINO
111. DOMASHNIE JIVOTNЫE
112. DORAMA TV
113. DRAYV
114. JIVAYA PLANETA
115. JIVAYA PRIRODA
116. JIVI
117. JIVI AKTIVNO
118. ZAGORODNAYA JIZN
119. ZAGORODNЫY INT
120. ZVEZDA
121. ZDOROVOE TV
122. INDIYSKOE KINO
123. ISTORIYA
124. KALEYDOSKOP
125. KAPITAN FANTASTIKA
126. KARUSEL
127. KINOKOMEDIYA
128. KINOMIKS
129. KINOPOKAZ
130. KINOPREMERA
131. KINOSVIDANIE
132. KINOSEMYA
133. KINOSERIYA
134. KINOXIT
135. KUXNYA TV
136. LYA-MINOR TV
137. MAMA
138. MATCH TV
139. MATCH! ARENA
140. MATCH! BOES
141. MATCH! IGRA
142. MATCH! PLANETA
143. MATCH! PREMER
144. MATCH! FUTBOL 1
145. MATCH! FUTBOL 2
146. MATCH! FUTBOL 3
147. MIR
148. MIR 24
149. MOTOSPORT
150. MOYA PLANETA
151. MOYA STIXIYA
152. MUJSKOE KINO
153. MUZ TV
154. MUZЫKA PERVOGO
155. MULT
156. MULTILANDIYA
157. NAUKA
158. NASHA SIBIR
159. NASHA TEMA
160. NASHE NOVOE KINO
161. NTV
162. Obestvennыy pervыy kanal
163. OXOTA I RЫBALKA
164. OXOTNIK I RЫBOLOV
165. PERVЫY KANAL
166. PERVЫY KOSMICHESKIY
167. PRIKLYUCHENIYA HD
168. RBK
169. RETRO
170. RODNOE KINO
171. ROSSIYA 1
172. ROSSIYA 24
173. ROSSIYA K
174. RUSSKAYA KOMEDIYA
175. RUSSKIY BESTSELLER
176. RUSSKIY DETEKTIV
177. RЫJIY
178. SARAFAN
179. SMAYLIK TV
180. STS KIDS
181. T 24
182. TAYNЫ GALAKTIKI
183. TV 3
184. TV SENTR
185. TELEKAFE
186. TNV PLANETA
187. TOҶIKISTON
188. TOCHKA OTRЫVA
189. TUGAN TEL
190. UNIKUM
191. USADBA
192. XABAR 24